LG mikrofon va karnayli himoya niqobini ishlab chiqdi
LG kompaniyasi mikrofon va karnayli himoya niqobi PuriCare Wearable’ni ishlab chiqdi.
Niqobning seriyali ishlab chiqariluvchi variantida LG Dual ventilyatorlarini harakatga keltiruvchi elektromotor o‘rnatiladi. Ventilyatorlar ishlashi unumdorligi foydalanuvchining nafas olishi jadalligiga bog‘liq bo‘ladi.
Niqob yuzga zich yopishib turadi, undagi VoiceON texnologiyasi evaziga suhbat vaqtida ovozni balandlatishga hojat bo‘lmaydi. Tizim foydalanuvchi suhbatlashishni boshlaganini avtomatik ravishda aniqlab, mikrofon va karnaylar yordamida uning ovozini atrofdagilar eshitadigan darajada kuchaytiradi.
Niqobning og‘irligi 94 grammni tashkil qilib, qayta quvvatlanishsiz 8 soatgacha ishlashni ta'minlovchi 1000 mA·soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Niqob batareyasi to‘liq quvvatlanishi 2 soat vaqt oladi. LG PuriCare Wearable birinchi bo‘lib avgustda Tailandda, keyin esa qolgan davlatlarda tegishli sertifikatlashdan o‘tgandan so‘ng sotuvga chiqariladi.
Mavzuga oid
19:09 / 08.12.2024
Gurjistonda ommaviy tadbirlarga niqob taqib borish taqiqlanadi
17:56 / 28.08.2024
AQShda jamoat joyida niqob taqqan yigit hibsga olindi
07:20 / 30.06.2022
Tibbiy niqob rejimi hozircha joriy etilmayapti, biroq taqib yurish maslahat beriladi - SES
23:31 / 09.12.2021