AQSh Tojikistonga 1,5 million doza Moderna vaksinasi yetkazib berdi
26 iyulga o‘tar kechasi Dushanbe xalqaro aeroportiga AQShdan Turkish Airlines aviakompaniyasining maxsus reysi bilan 1,5 million doza Moderna vaksinasi yetkazildi. Bu haqda Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma'lum qildi.
O‘tgan hafta AQSh davlat departamenti matbuot kotibi o‘rinbosari Jalina Porter brifing vaqtida AQSh 23ta davlatga, jumladan, Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida 22 mln doza vaksina yo‘llaganini ma'lum qilgan.
Bu Moderna kompaniyasi vaksinasining Tojikistonga yetkazilgan birinchi partiyasi hisoblanadi. 22 iyulda Ozarboyjon insonparvarlik yordami sifatida Tojikistonga 40 ming doza AstraZeneca vaksinasini jo‘natgan.
Dushanbeda 25 iyunda 18 yoshdan katta aholini koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha kampaniya boshlangan. Ayni vaqtda respublikada bu maqsadda AstraZeneca vaksinasining hindcha muqobili hamda Xitoyning CoronaVac vaksinasi qo‘llanmoqda.
3 iyulda Tojikistonda 18 yoshdan katta fuqarolar majburiy emlanishi e'lon qilingan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024