Jahon | 22:42 / 26.07.2021
8464
1 daqiqa o‘qiladi
Makronga Fransuz Polineziyasiga safari davomida yangi ism berildi
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Fransuz Polineziyasidagi Xiva-Oa oroliga tashrifi vaqtida yangi ism oldi. Ism berish marosimi mahalliy urf-odatlardan biri hisoblanadi.
Marosim Atuon shahri stadionida barglardan tashkil topgan mahalliy kiyimda bo‘lgan 600 raqqos va musiqachi ishtirokida o‘tgan.
Marosim davomida Xiva-Oa kommunasi meri Joel Frebo Makronga Te Aka Iki Taaoa degan yangi ism bergan. Ta'kidlanishicha, ushbu ism “olg‘a boruvchi va uzoqlarga yetuvchi buyuk sardor” degan ma'noni anglatadi.
O‘z navbatida Makron nutqini arxipelagga kiruvchi har bir orolda tarqalgan tildagi bir necha so‘zdan iborat tabrik bilan boshlagan.
Mavzuga oid
17:18 / 17.10.2021
Makron Fransiyaning Parijdagi qirg‘inni qoralagan ilk prezidenti bo‘ldi. 60 yil oldin shaharda jazoirliklar otilgan va daryoga cho‘ktirilgan
23:48 / 14.10.2021
Emmanyuel Makron futbol uchrashuvida penaltidan gol urdi
20:16 / 28.09.2021
Makronga tuxum uloqtirgan yigit ruhiy kasalliklar shifoxonasiga jo‘natildi
20:22 / 27.09.2021