O‘zbekiston | 09:37 / 31.07.2021
7154
1 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarga imtihonlarga bosh kiyimda kelishga ruxsat berildi

Abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim bilan kelishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:

1-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda, abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin, deyiladi xabarda.

Avvalroq, abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlangani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid