Jahon | 16:06 / 06.08.2021
5198
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiya hukumati o‘rmon yong‘inlari nazoratdan chiqib ketganini ma'lum qildi

Eviya orolida sohil qo‘riqlash xizmati yuzlab odamlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamdagi operatsiyani amalga oshirdi.

Foto: AFP

Afina shimolidagi yong‘inlar davomli anomal issiq sababli nazoratdan chiqib ketdi, deb xabar berdi Reuters.

Xabarda aytilishicha, Votonas va Marafon shaharlari aholisiga evakuatsiyaga tayyorlanish buyurilgan.

O‘t o‘chirish xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inning asosiy o‘chog‘i turli yo‘nalishlarga tarqalgan bir nechta frontga bo‘lingan. 

Eviya orolida sohil qo‘riqlash xizmati yuzlab odamlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamdagi operatsiyani amalga oshirdi.

Sog‘liqni saqlash organlari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 12 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

«Bir necha kunlik jazirama butun mamlakatni poroxli bochkaga aylantirdi. Vaziyat nazoratdan chiqib ketdi. Olovning balandligi 40 metrdan ortiq», — dedi Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis.

Mamlakat moliya vazirligi tabiiy ofat oqibatida mol-mulkidan ayrilganlarga 6000 yevrogacha kompensatsiya to‘lanishini ma'lum qildi.

Mavzuga oid