Navoiyda katta miqdordagi quvurlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushdi
Uchquduq tumanida 87,3 million so‘mlik temir quvurlarni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, departamentning Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, hududdagi MChJlardan birining rahbari bo‘lgan M.A. va boshqalar 87,3 million so‘mlik temir quvurlarni hech qanday hujjatlarsiz fuqaro O. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk mashinasida olib ketayotgani aniqlangan. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi ushbu quvurlar Shalxar ovulidagi ichimlik suvi tarmog‘idan kesib olingan bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 28, 25, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiyda 1000 AQSh dollari evaziga avtosalondan shartnoma olib berishni va'da qilgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid
14:48 / 18.12.2024
Navoiyda 33 yoshli erkak o‘ldirilib, Zarafshon daryosiga tashlab yuborildi
10:49 / 15.12.2024
Andijon va Navoiyda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
13:10 / 11.12.2024
Navoiyda elektromontyor 12 kishining nomiga kredit olib, onlayn qimorga yutqazib qo‘ydi
16:26 / 07.12.2024