650 mingga yaqin 1-sinf o‘quvchisiga «Prezident sovg‘asi» topshiriladi
Joriy yilning 23 avgust kuni 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan “Prezident sovg‘alari”dan iborat karvon hududlarga yo‘l oldi.
Joriy yilning 23 avgust kuni 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan “Prezident sovg‘alari”dan iborat karvon hududlarga yo‘l oldi.
Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, 12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim, o‘chirg‘ichni o‘z ichiga olgan sovg‘alar dastlab Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga yetib boradi.
Qayd etilishicha, yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar mazkur sovg‘alar bosqichma-bosqich barcha maktablarga yetkazilib, o‘quv yilining ilk kuni o‘quvchilarga topshiriladi.
2021-2022 o‘quv yilida 641 604 nafar o‘quvchilar maktablarning 1-sinflariga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:02 / 19.12.2024
Navoiyda bir maktabdan ketma-ket uch o‘quvchi vafot etdi
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
23:13 / 28.11.2024
Toshkent viloyatida o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchisini kaltakladi
07:30 / 23.11.2024