O‘zbekiston | 08:00 / 27.08.2021
6267
1 daqiqa o‘qiladi

303ta yog‘-moy korxonasining 226tasi talabga javob bermasligi ma'lum bo‘ldi 

Texnik chigitni qayta ishlashga ixtisoslashgan 303ta yog‘-moy korxonasining 226tasi talabga javob bermasligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Kamar Serkayev ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, texnik chigitni qayta ishlashga ixtisoslashgan 303ta yog‘-moy korxonasining 77tasi paxta texnik chigitini qayta ishlash uchun belgilangan talablarga muvofiq, 226tasi esa korxona faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emas.

Jumladan, 35 korxona hech qanday texnologik uskuna bilan jihozlanmagan. Shuningdek, ularning 52tasida faqat presslash uskunasi mavjudligi, 13tasida ekstraksiyalash uskunasi yo‘qligi, 126 korxona esa to‘liq texnologik siklga ega emasligi aniqlandi.

Mazkur kamchilik va qonunbuzilishlar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 402ta, shu jumladan, 45ta ogohnoma, 350ta ko‘rsatma va 7ta taqdimnoma ta'sir choralari ko‘rilib, yog‘-moy korxonalariga oid to‘plangan 36ta material huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Mavzuga oid