Tramp: Bayden Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish rejasini buzdi
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning ta'kidlashicha, Jo Bayden qo‘shinlarni Afg‘onistondan olib chiqishda oldingi ma'muriyatning rejasini buzgan.
“Bayden ma'muriyati armiyani olib chiqib ketayotganini aytdi. Ular tinch aholini olib chiqmadi. Birinchi navbatda tinch aholini olib chiqib ketish zarur”, dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida. “Harbiylarimiz hozirda katta xavf ostida, Kobul aeroportiga qatnayotgan samolyotlar xavf ostida qoldi”.
“Bayden rejani buzdi va armiyani birinchi bo‘lib olib chiqdi. Bu mamlakat uchun juda qayg‘uli kun va katta sharmandalik”, deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Trampning ta'kidlashicha, uning nazorati ostida kuchlarning xavfsiz olib chiqib ketilishi ta'minlangan bo‘lar edi. “Biz xavfsiz chiqib ketishimiz mumkin edi. Biz barcha AQSh fuqarolarini va bizga yordam berganlarni ham olib ketishimiz mumkin edi”, dedi Tramp.
Kobul aeroportidagi portlashlar hozirgi ma'muriyat boshqaruvidagi AQSh qo‘shinlarining zaifligini ko‘rsatdi.
“Biz kuchsizmiz, ojizmiz. Bizni o‘zlari nima qilayotganlarini tushunmaydigan odamlar boshqarmoqda”, dedi u muxbirning sodir bo‘lgan voqeaga munosabati haqidagi savoliga javob berarkan.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:31 / 03.12.2024