O‘zbekiston | 16:53 / 28.08.2021
15074
1 daqiqa o‘qiladi

500dan ortiq jurnalist esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Bugun, 28 avgust kuni Milliy matbuot markazida ommaviy axborot vositalari xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.

Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Asadjon Xodjayev va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov hamkasblarni tabrikladi.

Shundan so‘ng turli tahririyatlarda ishlovchi jurnalistlarga esdalik nishoni topshirildi.

E'lon qilinishicha, respublikamiz bo‘ylab 500 dan ortiq jurnalist esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.

Kun.uz saytidan jurnalistlar Tolibjon Rahmatov, Shuhrat Shokirjonov, Elmurod Ermatov, Isomiddin Po‘latov va Sardor Yusupovga nishon taqdim etildi.

Mavzuga oid