O‘zbekiston | 17:43 / 06.09.2021
5154
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 milliondan oshdi

Mobil aloqa abonentlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshib, har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Foto: KUN.UZ

2021 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 milliontani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan. Bu haqda Statqo‘m ma'lumot bermoqda.

Shu jumladan, 24 mln 868,1 mingta abonent jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga ko‘proqdir.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta'minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni quyidagicha:

  • 2019 yil 1 aprel - jami 21 960,2 ming, aholida 21 331,2 ming;
  • 2020 yil 1 aprel - jami 24 316,7 ming, aholida 23 371,3 ming;
  • 2021 yil 1 aprel - jami 26 953,5 ming, aholida 24 795,4 ming.

Mavzuga oid