O‘zbekiston | 18:06 / 11.09.2021
23608
1 daqiqa o‘qiladi

Jamshid Xo‘jayevga agrar universitet rektori vazifasi yuklandi

Hukumat qarori bilan, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevga Toshkent davlat agrar universitetining rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi ham yuklandi.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Bu universitet rektori lavozimida ishlab kelgan Botirjon Abdushukurovich Sulaymonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumot uchun, Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev 1979 yilda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasi stipendianti. 2003 yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistranti.

Xo‘jayev mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan. U 2017 yildan investitsiyalar va tashqi savdo vaziri sifatida ishlab, 2019 yil boshida qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga o‘tkazilgandi.

Mavzuga oid