Jahon | 07:50 / 22.09.2021
12182
2 daqiqa o‘qiladi

COVID-19’ga qarshi superimmunitet hosil qilish «usuli» aytildi

Amerikalik olimlar "superimmunitet" hosil qilish uchun COVID-19’ga chalinib, undan tuzalgandan keyin koronavirusga qarshi vaksina olish maqsadga muvofiqligini aniqlashdi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangandan so‘ng, Pfizer yoki Moderna vaksinasining ikki dozasi organizmni koronavirusning 6 ta mutatsiyasiga, shu jumladan delta va beta variantlariga qarshi samarali bo‘lgan, katta miqdordagi "moslashuvchan" antitanachalarni ishlab chiqarishga undashi va yangi turdagi infeksiyalardan yaxshiroq himoya qiladi.

"Moslashuvchan" antitanachalar, shuningdek, laboratoriyada maxsus yaratilgan va bir vaqtning o‘zida bir nechta shtammlarni birlashtirgan mutatsiyaga dosh bera olgan. Faqat kasal bo‘lgan yoki faqat emlangan kishilarning immuniteti bu infeksiyaga dosh berolmadi” deyiladi xabarda.

Avvalroq amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda Moderna koronavirusning delta shtammiga qarshi eng samarali deb topilgan edi. Tadqiqotda Moderna vaksinasi 95 foizga, Pfizer vaksinasi 80 foizga, Johnson & Johnson vaksinasi esa 60 foizga samarali ekanligi aniqlangan.

Mavzuga oid