Jahon | 16:59 / 23.09.2021
19636
1 daqiqa o‘qiladi

Moderna rahbari koronavirus pandemiyasi qachon tugashi borasida taxminini aytdi

Banselning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda vaksina ishlab chiqarish sur'ati o‘sib borayotgani hisobga olinsa, koronavirus pandemiyasi 2022 yil kuzida tugashi mumkin.

Foto: Reuters

Koronavirus pandemiyasi bir yildan so‘ng tugashi mumkin. Moderna farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Stefan Bansel ana shunday taxmin bildirdi.

Banselning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda vaksina ishlab chiqarish sur'ati o‘sib borayotgani hisobga olinsa, koronavirus pandemiyasi 2022 yil kuzida tugashi mumkin.

“Oxirgi olti oy davomida ishlab chiqarish sur'ati kengayishiga qarasangiz, kelasi yil o‘rtalariga borib butun Yer yuzidagi odamlarni emlashga yetadigan dozada vaksina bo‘ladi”, – dedi u.

Moderna bosh direktorining fikricha, vaksina olmaganlarning barchasi koronavirus yuqtiradi, chunki delta-shtamm juda yuqumli.

Mavzuga oid