O‘zbekiston | 14:48 / 27.09.2021
6199
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida yuz bergan nosozlik tufayli yo‘lovchilar bekatda tushirildi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 27 sentabr kuni soat 10:20lar atrofida Toshkent metrosining "Xalqlar do‘stligi" bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 3-yo‘nalishdagi harakat tarkibida texnik nosozlik aniqlandi

"Toshkent metropoliteni" UK xabariga ko‘ra, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida, yo‘lovchilar bekatda tushirilgan. Harakat tarkibi texnik ko‘rik punktiga jo‘natilgan.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz", deyiladi "Toshkent metropoliteni" ma'lumotida.

Joriy yil 20 sentabr soat 09:10da “G‘afur G‘ulom” bekatidan “Chorsu” bekatiga harakatlanishi lozim bo‘lgan 41-yo‘nalishdagi harakat tarkibi havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga kelgandi. Yo‘lovchilar bekatda tushirilgan va ortda harakatlangan 43-yo‘nalishdagi harakat tarkibi yordam sifatida kelib, nosoz harakat tarkibini texnik ko‘rik punktiga olib ketgan.

22 sentyabr kuni esa soat 08:37da "Xalqlar do‘stligi" bekatida 13-yo‘nalishdagi harakat tarkibining 2-vagonidagi 4-eshiklari texnik nosozlik tufayli yopilmay qolgandi. Yo‘lovchilar ushbu poyezddan tushirilgan. Ortdan kelayotgan 5-yo‘nalishdagi harakat tarkibi bir daqiqada yetib kelib yo‘lovchilarni olib ketgan.

 

Mavzuga oid