Panama AQShni o‘n minglab noqonuniy migrantlarning yangi to‘lqinidan ogohlantirdi
Ma'lumot berilishicha, Panama chegaralariga Kolumbiyadan yana 30 mingga yaqin noqonuniy migrantlar yo‘l olgan.
85 mingdan ortiq haitilik migrantlar AQShning janubiy chegarasi tomon yo‘l oldi, deb ma'lum qildi Panama tashqi ishlar vaziri Erika Muynes.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan buyon noqonuniy migrantlar AQSh chegarasiga Panama hududi orqali o‘tmoqda.
«Panama bu muammoni yolg‘iz o‘zi hal qila olmaydi. Biz bu masalada barcha manfaatdor tomonlar bilan muloqotda bo‘ldik», — dedi Muynes Axios portaliga bergan intervyusida.
Uning ma'lumot berishicha, mamlakat chegaralariga Kolumbiyadan yana 30 mingga yaqin noqonuniy migrantlar yo‘l olgan. Muynes ular ham AQShga o‘tish niyatida ekanligini aytdi.
So‘nggi oylarda AQSh va Meksika chegarasidan 30 mingga yaqin haitilik migrantlar o‘tgan. Ularning ko‘pchiligi ortiga qaytarilgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024