O‘zbekiston | 13:13 / 05.10.2021
19006
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 4 balli yer silkinishi qayd etildi 

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, bugun, 5 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:59da Afg‘onistonda yer silkinishi qayd etildi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 66 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 100 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 616 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 3-4 ball, 151 km;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 281 km;
  • Samarqand viloyatida 2-3 ball, 380 km;
  • Buxoro viloyatida 2-3 ball, 407 km;
  • Navoiy viloyatida 2 ball, 424 km;
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 451 km;

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta 29 sentabr kuni Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Farg‘ona vodiysida sezilgan edi. Shu kunning o‘zida ikki marta yerosti silkinishlari qayd etildi.

Mavzuga oid