Jahon | 15:21 / 06.10.2021
15701
1 daqiqa o‘qiladi

Panjsherda toliblar va qarshilik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi

Ma'lumot berilishicha, janglar Zamankur aholi maskani yaqinida bo‘lib o‘tgan va ikki soat davom etgan.

Foto: AFP

Afg‘onistonning Panjsher viloyatida «Tolibon» harakati va milliy qarshilik fronti kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Afghanistan International telekanali xabar berdi.

Telekanal manbalarining so‘zlariga ko‘ra, janglar Zamankur aholi maskani yaqinida bo‘lib o‘tgan va ikki soat davom etgan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

«Tolibon» avgust oyida Afg‘onistonning barcha viloyatlarini egalladi. Ammo Panjsher uzoq vaqt davomida qarshilik ko‘rsatib keldi.

Hozirda viloyat toliblar nazoratida, biroq Ahmad Mas'ud boshchiligidagi qarshilik kuchlari toliblarga qarshi kurashni to‘xtatgani yo‘q.

Mavzuga oid