Jahon | 11:32 / 12.10.2021
5262
2 daqiqa o‘qiladi

Moderna o‘z vaksinasi retsepti bilan bo‘lishmasligini aytdi

Foto: Unsplash

Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasi formulasi bilan bo‘lishmaydi. U buning o‘rniga vaksinani ishlab chiqarish hajmini oshiradi. Bu haqda kompaniya raisi Nubar Afeyan ma'lum qildi.     

Afeyanning ta'kidlashicha, kompaniya bir yildan kamroq vaqt ichida 1 mlrd doza vaksina ishlab chiqardi va shu sababli ishlab chiqarish hajmini oshirishning uddasidan chiqadi.

“Biz 2022 yilda ishlab chiqariladigan vaksinalar sonini 3 mlrd dozaga yetkaza olamiz deb o‘ylayman”, deb aytgan kompaniya raisi.

U kompaniya AQSh hukumati bilan ishlagani tufayli nochor davlatlarga katta miqdorda vaksina taqdim qilganini ta'kidlab o‘tgan. Kompaniya hozirda bu maqsadda boshqa davlatlar hukumatlari bilan ham ishlamoqda.

Afeyanning aytishicha, joriy yilning oxirgi 3 oyida nochor davlatlarga 40 mln doza vaksina, 2022 yilda esa va'da qilingan hamjning qolgani yetkazib beriladi.

May oyida Moderna Covax dasturi doirasida nochor davlatlarga 500 mln doza vaksina yetkazib berishga va'da bergan.

Mavzuga oid