Jamiyat | 20:40 / 14.10.2021
14662
1 daqiqa o‘qiladi

Bolalar shifoxonasida uzun navbatlar: shamollash holatlari nisbatan ko‘paygan

Toshkent shahar 1-sonli bolalar klinik shifoxonasiga bir kunda 190-200 bemor qabul qilinmoqda. Bolalarini shamollash alomatlari bilan olib kelgan onalar 3-4 soat va hatto undan ham ko‘proq navbat kutishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida shamollash ko‘paygani haqidagi muhokamalardan so‘ng Kun.uz muxbiri Toshkent shahar 1-sonli bolalar klinik shifoxonasidagi vaziyat bilan tanishdi.

12 oktyabr holatiga ko‘ra, kun kech bo‘lishiga qaramay, klinikada navbatlar cho‘g‘i kamaymagani kuzatildi.

Shifokorlarning aytishicha, bemorlarning aksariyati – shamollab qolgan 3–18 yoshdagi bolalar va o‘smirlar.

Bir oila 2-3 tagacha bolasini shamollash bilan klinikaga olib kelmoqda. Bemorlarni 3 shifokor ko‘rikdan o‘tkazmoqda. Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan klinika shifokorining aytishicha, bir kunda 190-200 bemor qabul qilinmoqda.

Navbatda turgan onalardan biri 3-4 soat navbat kutganini aytadi.

Shifokorlar fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rish, turli yuqumli kasalliklardan o‘zlarini himoya qilish va bolalar sog‘lig‘iga e'tiborli bo‘lishga chaqirdi.

Mavzuga oid