O‘zbekiston | 09:31 / 15.10.2021
4516
1 daqiqa o‘qiladi

Bahrom Abduhalimov navoiylik saylovchilar bilan uchrashdi

Foto: “Adolat” SDP

Kecha, 14 oktyabr kuni Navoiy shahar madaniyat va ma'rifat markazida O‘zbekiston prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Bahrom Abduhalimovning navoiylik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning tarjimai holi va faoliyati to‘g‘risida atroflicha ma'lumot berdi hamda nomzod Bahrom Abduhalimov so‘zga chiqib, o‘z saylovoldi dasturida ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar, asosiy masalalarni saylovchilar e'tiboriga havola qildi.

Ma'lum qilinishicha, nomzodning dasturida qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar sotsial-demokratiya g‘oyasi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari va siyosiy platformasiga to‘liq mos keladi. 

Mavzuga oid