O‘zbekiston | 15:35 / 18.10.2021
4311
2 daqiqa o‘qiladi

Narzullo Oblomurodov bugungi ekologik muammolarning yechimlari haqida gapirdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Ekologik partiya

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov o‘z saylovoldi dasturidagi “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish bugungi ekologik muammolarga yechim bo‘la olishini ta'kidladi. Bu borada saylovoldi dasturida belgilab qo‘yilgan bir qancha ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda nomzod yuksak ekologik madaniyatni shakllantirish, ona tabiatni, jumladan o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish hissini kuchaytirish haqida ham ta'kidladi. Jumladan, oila va mahalla tizimida insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish orqali atrof-muhitni asrash, har bir insonda atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari haqida ham atroflicha gapirib o‘tdi.

Uchrashuvda Ekologik partiya vakillari va ekofaollar o‘z saylovoldi dastur yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Jumladan, dasturda ko‘zda tutilgan:

-        elektr energiya tizimidagi muammolarga ko‘rsatilgan yechimlar;

-        uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida ekologik ta'lim-tarbiya tamoyillarini keng joriy etish, yoshlarning ekologik bilimlarini oshirish, oliy ta'lim tizimida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;

-        qayta tiklanuvchi elektr energiyadan samarali foydalanish;

-        mamlakat xavfsizligining ajralmas qismi bo‘lmish ekologik xavfsizlikni ta'minlashni ifoda etuvchi davlat siyosatini amalga oshirish;

-        bioxilma-xillikni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirishning imkonini beruvchi mukammal huquqiy baza yaratish g‘oyalariga to‘xtalib o‘tildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov sirdaryolik saylovchilarning turli savollariga batafsil javob berdi.

Mavzuga oid