O‘zbekiston | 11:38 / 24.10.2021
99179
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda saylov. Nomzodlar, hokimlar va boshqa mashhurlar ovoz bermoqda

Prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lgan besh kishi ham Toshkent shahridagi turli saylov uchastkalarida ovoz berib bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda prezident saylovi boshlandi. 24 oktabr kuni soat 08:00 dan mamlakatdagi barcha saylov uchastkalari davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. Ovoz berish jarayoni soat 20:00 ga qadar davom etadi.

Soat 9:00 holatiga ko‘ra, respublikada davomat ko‘rsatkichi 12,3 foizni ko‘rsatmoqda. Saylovchilar Farg‘ona (16,9), Andijon (16,1), Namangan (14,9) va Jizzax (13,3) viloyatlarida faollik ko‘rsatishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyevning 9 nafar oila a'zosi ham saylov uchastkasida bo‘ldi, saylov huquqiga egalar ovoz berishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva o‘g‘li bilan
Prezidentning birinchi qizi Saida Mirziyoyeva
Prezidentning ikkinchi qizi Shahnoza Mirziyoyeva
Prezidentning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunov
Prezidentning kichik kuyovi Otabek Umarov

Saylovda prezidentlikka nomzodlardan birinchi bo‘lib O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodi Narzullo Oblomurodov qatnashdi. U Toshkent shahridagi 579-saylov uchastkasida oila a'zolari bilan birga ovoz berdi. Unga ovoz berish jarayonida otasi va rafiqasi hamrohlik qilgan.

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov rafiqasi bilan birga Toshkent shahridagi 116-saylov uchastkasiga kelgan.

Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Maqsuda Vorisova poytaxtning Uchtepa tumanidagi 206-saylov uchastkasida ovoz berdi. Unga ham turmush o‘rtog‘i va oila a'zolari hamrohlik qilgan.

Nihoyat «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov Shayxontohur tumanidagi 132-maktabda tashkil etilgan 405-saylov uchastkasida oila a'zolari — rafiqasi, o‘g‘li, kelini va nevaralari bilan birga ovoz berdi. 

Foto: Adolat partiyasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 41-saylov uchastkasiga kelib, prezidentlik saylovida ovoz berdi. 

Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norbayeva Toshkent shahridagi 362-saylov uchastkasiga oila a'zolari bilan kelib, prezident saylovida ovoz berdi. 

Foto: Senat matbuot xizmati

Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahridagi 520-saylov uchastkasida ovoz berdi. Hukumat rahbari saylov uchastkasiga oilasi bilan tashrif buyurdi.

Foto: Sherzodxon Qudratxo‘janing Facebook sahifasi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida ovoz berdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Oliy ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov onasi bilan birga saylovda ishtirok etdi.

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahridagi saylov uchastkasida ovoz berdi.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi

Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov saylovda qatnashdi. 

Foto:Turizm va sport vazirligi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda prezidentlik saylovida ovoz berdi.

Ruslanbek Davletov / Facebook

Viloyatlarda hokimlar ham o‘z tanlovini amalga oshirmoqda.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov. Foto: O‘zA
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov. Foto: O‘zA
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov. Foto: O‘zA
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov. Foto: O‘zA
Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov. Foto: O‘zA
Sirdaryo viloyati hokimi G‘afur Mirzayev. Foto: O‘zA
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov. Foto: O‘zA
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev. Foto: O‘zA
Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov. Foto: O‘zA
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov. Foto: O‘zA

Mavzuga oid