Xitoyda uchar avtomobil namoyish etildi
Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni tashkil etadi. Uning kuzovi Xpeng P7 modelinikiga nisbatan 50 foizga yengil. Mashina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.
Xitoyning XPeng avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi uchadigan avtomobil prototipini namoyish etdi, deb xabar berdi TechCrunch nashri.
Avtomobil HT Aero deb nomlanadi, uni XPeng shu'ba kompaniyasi ishlab chiqargan. U tashqi ko‘rinishidan Xpeng P7 avtomobilini eslatadi: mashina uch eshik va ikki o‘rindiqli bo‘lib, elektr dvigatel va parvoz parraklari bilan jihozlangan.
Avtomobilning uzunligi 5,5 metrni tashkil etadi. Uning kuzovi Xpeng P7 modelinikiga nisbatan 50 foizga yengil. Mashina havoda tezligini soatiga 130 kilometrga yetkaza oladi, parvoz vaqti 30 daqiqaga teng.
Xpeng ushbu avtomobilni 2024 yildan ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Uning narxi bir million yuan (156 ming 500 dollar) atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53 / 25.12.2024
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024