AQSh O‘zbekistondagi prezidentlik saylovlari bo‘yicha bayonot berdi
AQSh Davlat departamenti O‘zbekistondagi prezidentlik saylovi natijalarini e'tirof etgan holda, YeXHT qo‘shma missiyasi bayonotiga qo‘shilishini bildirdi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston xalqining 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish huquqidan foydalanganini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz YeXHT DIIHB kuzatuv missiyasining ovoz berish jarayonlari tinch o‘tgani va saylovchilarning yuqori faolligi haqidagi fikrlariga qo‘shilgan holda, YeXHT missiyasining saylovlar haddan tashqari cheklangan siyosiy muhitda o‘tgani va saylovning muhim kafolatlari e'tiborga olinmagani haqidagi bayonotlari borasida ham hamfikrmiz.
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hukumatining YeXHT DIIHB kuzatuv missiyasi bilan yaxshilangan hamkorligini olqishlaydi hamda YeXHTning saylovlarga doir, shuningdek, fuqarolik va siyosiy huquqlarni ta'minlash borasidagi tavsiyalarini hayotga tatbiq etishga chaqirib qoladi. Biz O‘zbekiston hukumati bilan ikki tomonlama hamda mintaqaviy ahamiyatga molik shu va boshqa masalalarda hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz”, - deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid
17:40
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27