Jahon | 15:48 / 03.11.2021
6386
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Shariat gazetasi nashrini yo‘lga qo‘ydi

Shuningdek, ichki ishlar vazirligi Radio Police radiostansiyasi faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘ygan. 

Foto: EPA-EFE/STRINGER

Afg‘onistonda Shariat gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi. Bu haqda "Tolibon" harakati vakili Alhanafiy Vardak ma'lum qildi.

Ma'lumot berilishicha, gazeta haftada bir marta chop etiladi, unda birinchi navbatda toliblarning rasmiy xabarlari e'lon qilinadi.

Shuningdek, harakat vakili Inomulla Samanganiyning ma'lum qilishicha, ichki ishlar vazirligi Radio Police radiostansiyasi faoliyatini qaytadan yo‘lga qo‘ygan. 

Samanganiy tinglovchilarni radiostansiya orqali o‘z taklif va muammolarini bildirishga chaqirdi. U shuningdek, fuqarolardan terrorchilik va jinoyatlarning oldini olish uchun shubhali shaxslar to‘g‘risida xabar berishlarini so‘radi.

Mavzuga oid