Jamiyat | 18:28 / 05.11.2021
15639
2 daqiqa o‘qiladi
SSV changli havodan himoyalanish uchun 10ta tavsiya berdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan chang–qum aralash havodan himoyalanish uchun shifokorlar tavsiyasini e'lon qildi.
10 ta muhim tavsiya:
- Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘ying. Bunday vaziyatda konditsioner va havoni tozalash tizimlari ham asqatadi.
- Derazalarni yopiq holda saqlang. Ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!
- Ko‘proq suv iching!
- Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!
- Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishingizni yengillashtiradi.
- Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!
- Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!
- Ko‘zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.
- Tutunga to‘la xonalarda chekish xavfli. Chunki ifloslangan ob-havo hisobiga salomatligimizga yetadigan ziyon bir necha barobar oshib ketadi.
- Agar sizda nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, tezda shifokor bilan maslahatlashing.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Vazirlikning 1003 qisqa raqamli Call-markazi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13ta filiali hamda tuman va shahar bo‘limlarida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024