Qirg‘iziston prezidenti tashqi ishlar vazirligi nomini yana o‘zgartirdi
Vazirlik nomi o‘tgan oy o‘rtalarida tashqi ishlar, tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi deb o‘zgartirilgandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat tashqi ishlar, tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
«Farmonga muvofiq, vazirlik nomi Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi deb o‘zgartirildi. «Tashqi savdo va investitsiyalar» so‘zlari olib tashlandi», — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Vazirlik nomi o‘tgan oy o‘rtalarida tashqi ishlar, tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi deb o‘zgartirilgandi. Bu tashabbus mamlakat vazirlar mahkamasi rahbari Akilbek Japarovdan chiqqandi.
Uning fikricha, tashqi ishlar mahkamasi xorijlik investorlarni jalb etish kabi qo‘shimcha vazifalarni ham o‘z zimmasiga olishi lozim.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024