Jahon | 23:01 / 09.11.2021
4898
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya prezidenti o‘z vakolatlaridan mahrum etilmaydigan bo‘ldi

Chexiya senatining konstitutsiya masalalari bo‘yicha komissiyasi mamlakat prezidenti Milosh Zemanni betobligi sababli vakolatlaridan vaqtincha mahrum etish masalasini parlamentda ovozga qo‘ymaydi.

Foto: Reuters

77 yoshli Zeman 10 oktyabrdan beri shifoxonada davolanmoqda. U qand kasalligi, oyoqlar nevropatiyasi va jigar sirrozidan aziyat chekadi.

Komissiya qabul qilgan hujjatda ta'kidlanishicha, Zemanning ahvoli yomonlashmasa, u shifoxonadan ishni davom ettirishi va aksariyat vakolatlarini bajara olishi mumkin bo‘ladi.

Biroq komissiya rahbari Zdenek Grabaning ta'kidlashicha, shifokorlar prezidentni o‘z ishini davom ettirish uchun layoqatsiz deb topsa, senat prezident vakolatlarini boshqa davlat idoralariga vaqtincha topshirish bo‘yicha darhol qaror qabul qilishi lozim.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Zeman 8-9 oktyabrda mamlakatda o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan Spolu (Birgalikda) koalitsiyasi yetakchisi Petr Fialaga yangi hukumatni shakllantirishni topshirdi.

Mavzuga oid