Iroq milliy aviakompaniyasi Minskka parvozlardan bosh tortdi
Iroq milliy aviakompaniyasi Iraqi Airways migratsiya inqirozi sababli Belarus poytaxti Minskka parvozlarni tiklamaslikka qaror qildi. Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda Yevrokomissiya rasmiy vakili Dana Spinant ma'lum qildi.
“Iraqi Airways Belarusga parvozlarni tiklamasligini tasdiqladi”, deb aytgan Spinant.
Spinant 15 noyabrda Yevropa ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Bryusseldagi uchrashuvda Belarusga yangi sanksiyalar kiritishni muhokama qilishi va “Yaqin Sharq davlatlaridan Belarusga keyinchalik Polshaga tashlash uchun migrantlarni yetkazayotgan xorijiy aviakompaniyalar “qora ro‘yxati”ni tayyorlayotganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozi sababli Minskka reyslariga Iroq, Suriya va Yaman fuqarolarini olmasligini ma'lum qilgan. Kompaniya Belarusga ataylab migrantlarni yetkazishda ayblangan va migratsiya oqimini to‘xtatishda Yevropa ittifoqi bilan hamkorlik qilmasa, sanksiyalarga uchrashi mumkinligi aytilgan.
Ta'kidlanishicha, Yevropa ittifoqi vakillari hozirda Misr, Qatar, Marokash, BAA va Ummon aviakompaniyalari bilan Minskka muhojirlarni yetkazishga to‘sqinlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
BMT Xavfsizlik kengashi ham Belarusni migratsiya inqirozida ayblagan.
Yozda Belarusning Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari bilan chegarasida G‘arbiy Yevropaga o‘tishga urinayotgan Yaqin Sharq va Afrikadan qochqinlar oqimi ko‘paygandi.
8 noyabrda Polsha va Belarus chegarasida 2 mingga yaqin qochqin yig‘ilgandan keyin vaziyat keskin tus olgan. Polshalik harbiylar qochqinlarning chegarani yorib o‘tishga bir nechta urinishlari oldini olishgan.
Litva, Latviya va Polsha ushbu vaziyatda Belarusni ayblamoqda, biroq Minsk bu ayblovlarni rad etmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
18:22 / 24.12.2024
Rossiyadagi migrant bolalarga rus tili imtihoni qachondan boshlanishi belgilandi
17:05 / 24.12.2024
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:57 / 23.12.2024