O‘zbekiston | 16:37 / 15.11.2021
3457
1 daqiqa o‘qiladi
Xorazmda noqonuniy valuta savdosi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro S.A. fuqaro I.dan jami 3 ming AQSh dollarini 32,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ushlandi.
Tintuvda uning yonidan 41 316 AQSh dollari, 17 ming Rossiya rubli va 62,7 mln so‘m bor ekani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
09:33
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
11:08 / 24.12.2024
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
07:49 / 16.12.2024
6 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini saqlayotgan shaxslar aniqlandi
21:47 / 02.12.2024