Xitoy fazoviy raketalarni uchirish uchun suzuvchi kosmodrom qurmoqda
Xitoyda fazoviy raketalarni uchirish uchun maxsus suzuvchi kosmodrom qurilmoqda. Uni 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Space.com nashri.
Yangi turdagi kosmodromning o‘lchamlari 162,5×40 metrni tashkil qiladi. Maxsus platforma Shandun provinsiyasining Xayyan shahrida joylashgan yangi kosmodrom yonida qo‘llanadi.
Platforma “Chanchjen-11” hamda Smart Dragon raketa-tashuvchilarini uchirish uchun mo‘ljallangan qurilmalar bilan jihozlanadi.
Kelgusida platformani raketalarning birinchi pog‘onasini qo‘ndirish uchun qo‘llash rejalashtirilmoqda. Hozirda SpaceX kompaniyasi Falcon 9 va Falcon Heavy raketalarining birinchi pog‘onasini qo‘ndirishda shunday suzuvchi platformadan foydalanadi.
Ta'kidlanishicha, raketalarni dengizdan uchirish Xitoyga fazoviy kemalarni orbitaga chiqarishda ko‘proq imkoniyat taqdim etadi va raketalarning ishlab bo‘lgan pog‘onalari odamlar uchun xavf tug‘dirib quruqlikka emas, balki dengizga tushishi uchun parvozning optimal trayektoriyasini tanlashni osonlashtiradi.
Xitoy shu kungacha Sariq dengizdan “Chanchjen-11” raketasini ikki marta uchirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu maqsadda parvozlar uchun qayta jihozlangan barja qo‘llangan. Bu Xitoyga AQSh va Rossiyadan keyin fazoviy raketani suzuvchi platformadan uchira olgan uchinchi davlatga aylanish imkonini bergan.
2021 yil boshida Xitoy dengizdan “Chanchjen-11” raketasining 3 ta parvozini amalga oshirmoqchiligi ma'lum qilingan, biroq hozircha Pekin birorta bunday parvozni amalga oshirmagan.
Joriy yil boshidan Xitoy 41 ta raketani fazoga uchirib, o‘ziga xos milliy rekord o‘rnatdi. Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, AQSh joriy yilda hozircha 39 ta raketa parvozini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
19:57
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53
Xitoy kompaniyasi Askiya bozorini 225,6 mlrd so‘mga sotib oldi
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
21:52 / 24.12.2024