O‘zbekiston | 16:29 / 17.11.2021
5752
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi yer silkinishi kuchi Andijonda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 17 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:17da Qirg‘izistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 41,1 gradus shimoliy kenglik; 73,03 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6, chuqurlik - 10 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 320 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:

  • Xonobod tumanida 3-4 ball, 32 km;
  • Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 ball, 40 km;
  • Jalaquduq tumanida 3 ball, 53 km;
  • Paxtaobod tumanida 3 ball, 54 km;
  • Andijon tumanida 2-3 ball, 58 km;
  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 64 km;
  • Andijon shahrida 2-3 ball, 67 km;
  • Izboskan tumanida 2-3 ball, 68 km;
  • Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 72 km;
  • Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 77 km;
  • Oltinko‘l tumanida 2 ball, 80 km;
  • Asaka tumanida 2 ball, 83 km;
  • Norin tumanida 2 ball, 88 km;
  • Marhamat tumanida 2 ball, 89 km.

Mavzuga oid