Amerikalik olimlar koronavirus Uhandagi bozorda paydo bo‘lgan degan xulosaga keldi
Biolog Maykl Uorobining so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalari virus bozorda sotilayotgan hayvonlardan kelib chiqqanini tasdiqlamoqda.
COVID-19 koronavirusi kelib chiqqan joy Xitoyning Uhan shahridagi bozor bo‘lib, uni birinchi bo‘lib yuqtirgan odam dengiz mahsulotlari sotuvchisi hisoblanadi. Amerikalik tadqiqotchi olimlar ana shunday xulosaga keldi.
“Virus “Xuanan” bozoriga Uhanning boshqa qismidan kelmagan. Dalillar virus bozorda paydo bo‘lgani va keyin uning atrofiga tarqalganini ko‘rsatmoqda”, – dedi tadqiqot mualliflaridan biri, evolyutsion biolog Maykl Uorobi.
Tadqiqot mualliflari pandemiya e'lon qilinguniga qadar aniqlangan barcha SARS-Cov-2 holatlarining batafsil jadvalini tuzib chiqdi. Kasallik yuqtirganlarning aksariyati “Xuanan” bozorida ishlagan yoki bozor atrofida yashagan.
Biologning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalari virus bozorda sotilayotgan hayvonlardan kelib chiqqanini tasdiqlamoqda.
Mutaxassislar koronavirusning kelib chiqishi borasida yakdil xulosaga kelmagan. Aksariyat olimlar COVID-19 hayvonlardan tarqalgan degan fikrda. Ayrimlar esa u laboratoriyada yaratilgan degan fikrni ilgari surmoqda.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
17:43 / 03.12.2024
AQSh kongressmenlari koronavirus laboratoriyada yaratilganiga beshta dalil keltirdi
23:36 / 19.09.2024
Olimlar Xitoydagi Uxan bozori koronavirusning dastlabki o‘chog‘i bo‘lganini isbotladi
13:54 / 18.09.2024