O‘zbekiston | 17:09 / 01.12.2021
4473
1 daqiqa o‘qiladi

Nukusda YPX xodimi mastlikni aniqlash uchun o‘zining telpagidan foydalandi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi haydovchini mastligini aniqlash uchun o‘zining telpagidan foydalangani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan IIV YHXBB matbuot xizmati izoh berdi. Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning noyabr oyida Nukus dehqon bozori oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Mamedov tomonidan "Matiz" rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

YPX xodimi o‘zaro muloqot vaqtida bosh kiyimini yechgan va haydovchidan puflashini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Xo‘jaylida YPX xodimi haydovchiga qo‘l ko‘targandi.

Mavzuga oid