O‘zbekiston | 10:53 / 01.12.2021
5303
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda internetda ham jamoat xavfsizligini ta'minlash rejalashtirilmoqda

Internetda ham jamoat xavfsizligi ta'minlanadi. Bu jamoat xavfsizligi konsepsiyasida nazarda tutilgan.

Foto: Kun.uz / Muhiddin Nido

2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida bu borada qator jihatlar belgilandi.

Xususan, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari 
va internet tarmog‘idan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlarini obro‘sizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

Internet tarmog‘ida jamoat xavfsizligi uchun xavf tug‘diradigan tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tashkiliy-metodik asoslar va harakatlar mexanizmlarini yaratish ham ko‘zda tutilgan. 

Mavzuga oid