Jamiyat | 15:50 / 05.12.2021
45406
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxt IIBB boshlig‘i va shahar prokurori «jinoyatchilik o‘chog‘i»ga tashrif buyurdi

Toshkent shahri IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov hamda shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov Bektemir tumanidagi vaziyatni o‘rgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu tashrif davomida Qo‘yliq bozori atrofidagi hududlar jinoyatchilik o‘chog‘iga aylangani bilan bog‘liq holat tanqidiy muhokama qilinganini qayd etgan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

«Davlatimiz rahbarining 2021 yil 29 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta'minlash yuzasidan joylarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar prokurori Ulug‘bek Qosimov va Toshkent shahar IIBB boshlig‘i A.A.Toshpo‘latov Bektemir tumanida joylashgan «Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori» AJ, «Qo‘yliq dehqon bozori» AJ hamda «Kompass» savdo majmuasiga tashrif buyurib, tuman mas'ullari ishtirokida mazkur hududlarning jinoyatchilik o‘chog‘iga aylanganligi holatini tanqidiy muhokama qildi.

Muhokama davomida jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yuzasidan topshiriqlar berildi», deyiladi xabarda.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
  • Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Shayxontohur tumaniga tashrif chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda jinoyatchilik holatlari oshgani haqida gapirib, shahar IIBB boshlig‘i hamda shahar prokurori faoliyatini tanqid ostiga olgan, Aziz Toshpo‘latov va Ulug‘bek Qosimovning bu boradagi faoliyati yetarli bo‘lmayotganini aytib, ularni keskin tanqid qilgandi.

Mavzuga oid