Jamiyat | 17:00 / 08.12.2021
10224
2 daqiqa o‘qiladi

“Trastbank” e'lon qilgan aksiyaning birinchi bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Foto: Trastbank

Ma'lumki, “Trastbank” XAB MasterCard bilan hamkorlikda “Trastbank” bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazmoqda.

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun “Trastbank”dan MasterCard xalqaro plastik kartasini ochish hamda faqat savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari, qolaversa, internet saytlari orqali kamida 10$ miqdorida to‘lovni amalga oshirish zarur.

Ushbu aksiya besh bosqichda, ya'ni joriy yilning noyabridan 2022 yilning 18 martiga qadar o‘tkaziladi.

7 dekabr kuni aksiyaning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayon Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn efirga uzatildi.

Unda joriy yil 2–30 noyabrgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashdi. Tranzaksiyalar orasidan tasodifiy tarzda sovrin egalari aniqlandi. Natijada 15 nafar hamyurtimiz qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur aksiya bosh sovrini – “Chevrolet Cobalt” avtomobili!

Batafsil ma'lumot trastbank.uz sayti hamda bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid