Apple kapitallashuvi 3 trillion dollarga yetish arafasida turibdi
Apple korporatsiyasining kapitallashuvi 3 trln dollarga yaqinlashib qoldi. Kompaniya o‘z bozor qiymati 2 trln dollardan oshgandan bor-yo‘g‘i bir yil o‘tib bunga erisha oldi.
Ayni vaqtda kompaniya kapitallashuvi 2,87 trln dollarni tashkil qilmoqda va bu mutlaq rekord hisoblanadi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, Fransiyaning 2020 yilgi yalpi ichki mahsuloti 2,6 trln dollarga yaqinni tashkil qilgan.
AQShdagi oxirgi birja savdolarida kompaniya aksiyalari 175,08 dollardan sotilgan. Apple 3 trln dollarlik chegaradan o‘tishi uchun aksiya narxi 182,85 dollarga ko‘tarilishi kifoya qiladi. Bu tez kunlarda yuz berishiga shubha yo‘q, chunki joriy yilda kompaniya aksiyalari 30 foizga, 2020 yilda esa 80 foizga qimmatlashgan.
“Apple haqiqatan ham kuchli brend bo‘lgani sababli jahon iqtisodiyotidagi tebranishlardan kuchliroq himoyalangan ko‘rinadi. U, shuningdek, kuchli yangi mahsulotlar qatoriga ega”, deb ta'kidlab o‘tgan Hargreaves Lansdown kompaniyasi yetakchi tahlilchisi Syuzanna Striter.
Mavzuga oid
00:31 / 26.12.2024
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
00:31 / 18.12.2024
Kongo Appleʼni noqonuniy qazib olinayotgan minerallardan foydalanishda aybladi
20:50 / 16.12.2024
Apple yupqa iPhone va buklama qurilmalarni chiqaradi – OAV
19:56 / 13.12.2024