Jahon | 20:55 / 09.12.2021
9161
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq o‘z hududida xalqaro koalitsiya jangovar missiyasi yakunlanganini ma'lum qildi

Iroq hukumatining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Qosim al-Arajiy mamlakatda xalqaro koalitsiya jangovar missiyasi yakunlanganini ma'lum qildi. Uning aytishicha, koalitsiyaga kirgan davlatlar Iroqdan o‘z kuchlarini olib chiqqan.

Foto: AFP

“Bugun biz xalqaro koalitsiya bilan o‘tgan yil boshlangan muloqotning oxirgi raundini yakunladik. Biz koalitsiya kuchlari jangovar missiyasi yakunlangani va ular Iroqdan olib chiqilganini e'lon qilamiz”, deb ma'lum qilgan al-Arajiy Twitter’da. Shu bilan birga, xalqaro koalitsiya bilan aloqalar harbiylarni o‘qitish va maslahat berish borasida davom etadi.

Avvalroq Iroq qurolli kuchlari qo‘mondonligi birlashgan shtabi vakili Tahsin al-Xafajiy xorijiy kuchlarning katta qismi Iroqni tark etganini ma'lum qilgan.

Iroq parlamenti 2020 yil yanvarda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi “Al-Quds” maxsus bo‘limi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy va iroqlik shia kuchlari boshlig‘i o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandisning Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh harbiylari tomonidan o‘ldirilganiga javoban xorijiy kuchlarning Iroqdan olib chiqilishiga ovoz bergan. Shundan keyin AQSh boshchiligidagi koalitsiya iroqlik harbiylarga avval amerikalik harbiylar joylashgan bir qator obektlarni, jumladan, bir nechta aviabaza va koalitsiya harbiy maslahatchilari bosh qarorgohini topshirgan.

Mavzuga oid