O‘zbekiston | 18:07 / 10.12.2021
22255
1 daqiqa o‘qiladi

Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Foto: huquqiyaxborot

A.Toshqulov 1971 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1994 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” unvoni sohibi.

U o‘z mehnat faoliyatini 1994-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.

Akbar Toshqulov adliya organlari tizimida turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan bo‘lib, 2017 yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Yuridik universitetning avvalgi rektori Rahim Hakimov shu yilning iyunida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi. Shundan buyon universitetda rektorlik lavozimi vakant bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid