Germaniya Rossiyaning ikki diplomatini persona non grata deb e’lon qildi
Sud 2019 yilda Berlinda Gruziya fuqarosi Zelimxan Xangoshvili davlat buyurtmasiga ko‘ra o‘ldirilgan deb topdi.
Germaniya Gruziya fuqarosi Zelimxan Xangoshvilining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarilganidan so‘ng Rossiyaning Berlindagi elchixonasi ikki diplomatini persona non grata deb e’lon qildi.
«Sud aniqlaganidek, davlat buyurtmasi bo‘yicha amalga oshirilgan bu qotillik nemis huquqi va FRG suverenitetining og‘ir tarzda buzilishi hisoblanadi», — dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok.
Berbokning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli Rossiya elchisi Germaniya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va unga Rossiya diplomatik missiyasining ikki xodimi «istalmagan shaxslar» deb e’lon qilinishi ma’lum qilingan.
15 dekabr kuni Berlin oliy sudi 2019 yilda Berlinda Xangoshvilini o‘ldirishda ayblangan Rossiya fuqarosini bir umrga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024