Jahon | 20:02 / 18.12.2021
16913
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Turkiyaning Bayraktar zarba beruvchi dronlariga ega bo‘ldi

Uchuvchisiz boshqariluvchi mazkur qurilmalarni Sadir Japarov shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirdi.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati Turkiyaning Bayraktar zarba beruvchi dronlariga ega bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchuvchisiz boshqariluvchi mazkur qurilmalarni Sadir Japarov shaxsan o‘zi ko‘zdan kechirgan.

«Ushbu qurilmalar respublika budjeti mablag‘lariga sotib olindi va ulardan mamlakat mudofaa xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladi», — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

O‘tgan yili Ozarboyjon Bayraktar TB2 dronlarini sotib olgandi.

Sentyabrda esa Ashxobodda Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan paradda Bayraktar dronlari namoyish etilgan.

Mavzuga oid