O‘zbekiston | 16:23 / 20.12.2021
9734
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 21 dekabr kuni chang bo‘roni kuzatilishi mumkin

«O‘zgidromet» 21 dekabr kuni ayrim hududlarda chang bo‘roni kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Foto: Kun.uz

21 dekabr kuni mamlakat hududlarida kuchli shamollar hamda Turkmaniston chegara hududlaridan changli bo‘ronlar kirib kelishi kutilmoqda.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 21 dekabrda shamol tezligi Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida esa 17-22 metr/sekundgacha, ba’zi joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Shu sababli Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va respublikaning cho‘l hududlarida chang bo‘roni va g‘uborlar kuzatilishi mumkin.

19 dekabr kuni Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kuchli shamol va changli bo‘ron kuzatilgandi. O‘sha kuni soat 13 dan 15 gacha Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishidan oldin shamol kuchayishi, ba’zi joylarda qisqa muddatga changli bo‘ronlar ko‘tarilishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid