O‘zbekiston | 10:15 / 21.12.2021
5554
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 21 dekabr kuni soat 08:06 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Episentr: Farg‘ona viloyati, Rishton tumani. Zilzila koordinatalari: 40,34 gradus shimoliy kenglik; 71,26 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 15 km. 

Ma’lum qilinishicha, yer silkinishi episentri Toshkentdan 200 kilometr janubi-sharqda.

Mavzuga oid