Afg‘on qochqinlari Eronga ommaviy ravishda o‘tayotgani ma’lum qilindi
Eronda Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelgandan keyin afg‘on qochqinlarining ommaviy oqimi sababli qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarma tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar berdi.
“Millionlab qochqinlarning muammolarini hal qiluvchi tashkilot tashkil etilishi hukumatning kun tartibida turibdi”, deb aytgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy.
BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissariati boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Eronga 2021 yil boshidan beri 500 mingdan ko‘proq afg‘on qochqini kelgan.
Shu bilan birga, Eronda afg‘on qochqinlarining umumiy soni 2,2 mlnga baholanmoqda, yana 780 ming afg‘on mamlakatda doimiy asosda yashaydi.
BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi Eronni qochqinlarga yordam berishga chaqirgan.
Mavzuga oid
16:58
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024