O‘zbekiston | 11:50 / 24.12.2021
96646
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘qolib borayotgan qish. Qor nega yog‘mayapti?

Laylakqor, qorbo‘ron o‘ynash, chanada uchish, tarnovdagi sumalaklar, qor parchalari… Bizdan keyingi avlod uchun bu tushunchalar begona bo‘lib qolishi mumkin. Xpress loyihasi bu boradagi savollar bilan ekspertlarga murojaat qildi.

O‘zbekistonga qish fasli kirib kelganiga bir oy bo‘ldi. Yana quruq va yana qorsiz qish...

Oxirgi yillarda qishda qor yog‘ishi odatiy hol emas, istisno holatga aylanib boryapti. Bu istisnolar ham uzoqqa cho‘zilmayapti: yog‘gan qorlar juda tez erib ketyapti.

Prognozlarga ko‘ra, bu yilgi qish ham me’yordan iliqroq o‘tadi. Va bora-bora O‘zbekistonda qishning iliq bo‘lishi ham me’yorga aylanib qoladi.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra:

— “O‘zi aslida oxirgi 10 yilda O‘zbekistonda qish deyarli bo‘lgani yo‘q...”

— “So‘nggi paytlarda global harorat ko‘pyillik iqlimiy me’yorlardan 1 gradus isigan bo‘lsa, Markaziy Osiyo 2 gradusga isidi. O‘zbekistonda harorat global miqyosdagidan ko‘ra tezroq ko‘tarilgan va bu davom etadi...”

— “Borib-borib O‘zbekiston subtropik iqlim o‘lkasiga aylanishi mumkin, bunday iqlim sharoitida 3-4 yilda bir marta qor yog‘ishi mumkin xolos...”

— “Qor yog‘madi degani, qurg‘oqchilik bo‘ladi deganidir. Yangi sharoitga moslashishimiz shart!”

Yuqoridagilarning barchasi fakt: biz global iqlim o‘zgarishi fonida harorati shiddat bilan isib borayotgan davlatlar qatoridamiz.

Afsus bilan aytish mumkinki, qorsizlik – bizning kelajagimiz, balki bugunimiz. Biroq iqlim o‘zgarishi qarshisida dahshatga tushish emas, yangi reallikka iloji boricha kamroq yo‘qotishlar bilan kirib borish haqida o‘ylash lozim.

  • Ko‘rsatuv ijodkorlari unda ishtirok etgan mutaxassislarga, xususan “O‘zgidromet”ga samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Mavzuga oid