O‘zbekiston | 12:04 / 28.12.2021
13254
2 daqiqa o‘qiladi

UZCARD va HUMO o‘zaro integratsiya qilindi

UZCARD va HUMO to‘lov tizimlarini integratsiya qilish jarayonining birinchi bosqichi yakunlandi. Yaqin kelajakda ikkala tizim kartalariga bitta terminalda xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

UZCARD va HUMO terminallari ikkala to‘lov tizimining kartalarini o‘zaro qabul qilishlari uchun takomillashtirilgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lumot bermoqda.

«Raqamli O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmonini bajarish maqsadida UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari joriy yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi. Shu tariqa har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etildi. Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart bo‘lmaydi — savdo va xizmat nuqtalari ikkala to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatadigan bitta apparatga ega bo‘ladi», deyiladi bayonotda.

Integratsiya memorandumi doirasida UZCARD va HUMO quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettiradi:

  • karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo shoxobchalari manfaatlarini himoya qilish;
  • texnologiyalarni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish infratuzilmasini kengaytirish;
  • to‘lov infratuzilmasi ishonchliligi va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

Mavzuga oid