Sport | 15:09 / 05.01.2022
13863
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya bosh vaziri Novak Jokovichga ultimatum qo‘ydi

Skott Morrison Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlanishi mumkin emasligini tasdiqlovchi hujjatni kutayotganini aytdi.

Skott Morrison va Novak Jokovich / Foto: Getty Images

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi shifokorlar xulosasiga nisbatan fikr bildirdi, deb yozmoqda Daily Mail.

U Jokovich emlanishi mumkin emasligini tasdiqlovchi hujjatni kutayotganini aytib, sportchiga ultimatum qo‘ydi.

«Buning tasdig‘ini kutamiz. Agar bu yetarlicha ishonarli bo‘lmasa, u ham boshqalar kabi birinchi samolyotda uyiga jo‘naydi», — dedi Morrison.

4 yanvar kuni Jokovich koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lishiga qaramasdan Australian Open musobaqasida qatnashishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi. U Viktoriya shtati hukumatidan maxsus ruxsatnoma olgan.

Australian Open 17 yanvardan 30 yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Jahonning birinchi raketkasi Jokovich musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Mavzuga oid