O‘zbekiston | 15:18 / 24.01.2022
7398
4 daqiqa o‘qiladi

Savdo yurishmayaptimi? Birga hal qilamiz!

Savdo va foyda hajmini oshirishning samarali usullari haqida

Savdo bo‘limini kuchli xodimlardan tashkil topgan, tizimlashgan jarayonlar asosida ishlaydigan va eng muhimi muayyan daromad olib keladigan mashinaga aylantirish yo‘llarini o‘rganing!

  • Savdo ko‘ngildagidek bo‘lmayaptimi?
  • Rejalar bajarilmayaptimi?
  • Xodimlar tez-tez almashib turadimi?
  • Mijozlar raqobatchilarga o‘tib ketyaptimi?
  • Savdodan keladigan foyda tushib ketdimi?
  • Xodimlarni samaradorligi pastmi?
  • Nasiyaga sotishga to‘g‘ri kelyaptimi?

Jarayonlar va boshqaruvchilarning malakasi to‘g‘rilanmas ekan, bu kabi holatlar takrorlanaveradi, chunki samarali savdo bo‘limi = yaxshi tizimlashtirilgan jarayonlar + qobiliyatli boshqaruv.

Yuqoridagi savollarning barchasiga jo‘yali javob, ishonchli va aniq qo‘llanmalarni qayerdan topish mumkinligi har bir yirik va kichik biznes egalarini qiziqtiradi. Chunki bugungi kunda tadbirkor bo‘lish osondir, ammo uni foyda keltiruvchi biznesga aylantirish mushkul masala.

Pul, mehnat, energiya, vaqt sarflab biror sohada tadbirkorlikni boshlagan har bir biznesmen undan keladigan foydani ko‘zlaydi, albatta. O‘z biznesini kengaytirishni, savdoni oshirishni va shu orqali o‘z brendini yangi cho‘qqilarga ko‘tarishni orzu qilmagan tadbirkor – tadbirkor emas.

Ammo o‘z malakasini oshirmasdan bir joyda to‘xtab qolish bu yo‘ldagi eng katta to‘siq hisoblanadi.

10 yildan buyon yurtimizdagi eng gigant korxonalarga savdoni oshirish va tizimlashtirish bo‘yicha ko‘maklashib kelayotgan Marketbridge asoschisi, savdo bo‘yicha malakali konsultant va biznes-trener Akmal Nasriddinov o‘z biznesidagi savdoga oid muammolarni bartaraf etishni istagan tadbirkorlarni o‘zining navbatdagi bir oylik kurslariga taklif etadi.

Savdo jamoasini shakllantirish, rejalarni to‘g‘ri qo‘yish, hamma kamchiliklarni ko‘rsatuvchi hisobot va nazorat tizimlarini joriy qilish, xodimlar va mijozlar uchun rag‘batlantirish dasturlarini ishlab chiqish va shu orqali savdo tizimini boshqarishni, barqaror o‘sishni va bugungi raqobatbardoshlik muhitida har qanday raqobatchilardan ustunlikni saqlashni istaganlar ushbu kursda albatta qatnashishi lozim. Zero, faqatgina tizimlashtirilgan narsani boshqarib bo‘ladi.

Akmal Nasriddinov savdo sohasida 20 yillik amaliy tajribaga ega mutaxassis. Faoliyati davomida u Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistonda xalq iste’mol mollari (FMCG), til o‘rganish kurslari, qurilish instrumentlari, farmatsevtika mahsulotlari, biznes tadbirlar, murakkab va qimmat xizmatlar savdosi bilan shug‘ullanadigan qator yetakchi kompaniyalarning savdo va marketing bo‘limlarida ishlab kelgan. Bular orasida Coca-Cola, Hilti kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari ham bor.

Akmal Nasriddinovning mijozlari orasida - Artel, Akfa, Ekopen, SAG, Murad Buildings, Agromir (Bliss) Ricomel Beverages (Dinay), PureMilky, HomeMarket, Knasler, EPA, Bayer, Egis, BTL, Durable Beton, Ideal, Ishonch, Ermak, O‘zbek-Xitoy Savdo Uyi, Elma, Mondelux, RedTag va ko‘plab boshqa milliy va xalqaro yetakchi tashkilotlar bor. Ularning 70 foizidan oshig‘i – doimiy (takroriy) mijozlar. Shunday tashkilotlar qatorida bo‘lishni istasangiz ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling. Joylar soni chegaralangan.

Sinalgan tajriba har doim yaxshi natija beradi. Kurslar 26 fevraldan 26 martga qadar davom etadi.

Batafsil ma’lumot uchun: http://mbe.uz/stb/

Telefon: +998 90 123-06-97

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid